Sie sind auf Seite 1von 35

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVTSIYALAR VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

XORIJIY TILLAR FAKULTETI

JO’RAYEVA MAFTUNA

A1 DARAJADAGI O’QVCHILARNING LUG’AT BOYLIGINI OSHIRISHDA


TOTAL PHYSICAL RESPONSE METODIDAN FOYDALANISH

1
MUNDARIJA

1. A1 darajadagi o’quvchi talabalarga ingliz tili o‘qitish konsepsiyalari……3


2. A1 darajadagi guruhlarda ingliz tili o’qitish tamoyillari…………………..7
3. Boshlang‘ich darajadagi guruhlarda ingliz tili o‘qitish metodikasining
lingvistik asoslari…………………………………………………………..12
4. Samarali interfaol usullar orqali o’quvchilarning so’z boyligini oshirish..16
5. Ingliz tilini kommunikativ yondashuv asosida o’qitish metodikasi………21
6. TPR( Total Physical Response) usulining A1 darajadagi o’quvchilarning
lug’at boyligini oshirishdagi ahamiyati…………………………………….26

XULOSA...............................................................................................................30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........................................31

2
1. A1 darajadagi o’quvchi talabalarga ingliz tili o‘qitish konsepsiyalari

Bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 60 foizi ikki yoki undan


ortiq tillarda so‘zlasha olishi barchaga ma’lum. Jahonda globallashuv
jarayonlarini tezlashtirish, erkin bozor munosabatlariga o‘tish va ishlab
chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etishning rag‘batlantirilishi
«lingvistik kapital»ga, ya’ni chet tillarni (ayniqsa, ingliz tilini) mukammal
egallagan mutaxassislarga ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Chet til ta’limida sifat va samaradorlikni ta’minlash maqsadida chet
tillarni o‘rganish/o‘rgatish yoshini qisqartirish tajribasi ommalashib
bormoqda. Bunga «the younger the better / early is better» mazmunidagi
tushunchaning keng tarqalganligi sabab bo‘ldi. Boshlang‘ich ta’lim o‘quv
dasturiga ingliz tilini kiritish qarori quyidagi xulosalarga asosalanib
ma’qullangan:
Critical Period Hypothesis states that there is a limited developmental
period during which it is possible to acquire a language, be it L1 or L2, to
normal, native- like levels. – Kritik Davr Gipotezasi ona tili bo‘ladimi, chet
tilmi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqin darajada egallanishi mumkin bo‘lgan
chegaralangan rivojlanish davri mavjudligini ta’kidlaydi.1
... kichik yoshdagi bolalar yaxshiroq va osonroq o‘rganishadi.
...uzoqroq o‘rganish davri maktab ta’limi yakuniga qadar
malakalarning yuqoriroq darajada egallanishiga olib keladi.
Chet til, xususan, ingliz tilini kichik yoshdan o‘rganish va o‘rgatish ham
o‘z tarixiga ega. Kichik yoshdan inliz tili o‘rganish va o‘rgatish dastlab
yuqori tabaqa oilalarda tajriba qilingan bo‘lsa (Anna-and-the-King-of-Siam),
1950 - yillarda AQSH va Yevropa mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o‘n
yil ichida «Foreign Language in Elementary School» dasturi asosida ta’lim
oluvchi o‘quvchilar soni bir millionga yetdi. Fransiya, Shvetsiya va
Cambridge English Language Assessment: Young Learners, Handbook for teachers Starters
1

Movers Flyers. - Cambridge University Press, 2018. – 70 p.


3
Gollandiyada esa 1950-yillar o‘rtalarida
«English without a book» dasturi asosida ingliz tili 3-sinfdan o‘qitila boshlandi.
1997 - yil fevral oyida Grats (Avstriya) shahrida Zamonaviy tillar
Yevropa markazi (ECML) boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish
muammolariga bag‘ishlangan «Foreign Language Education in Primary
Schools» mavzusida xalqaro seminar, 1997 - yil aprel oyida Vorvik
(Angliya) shahrida «Warwick Euroconference on Teaching of Foreign
Languages in European Primary Schools» mavzusida, 1998 - yil yanvar
oyida Grats shahrida «Foreign language education in primary schools - an
international concern to be implemented in national contexts» mavzusida,
1999 - yil Brussel (Belgiya)da ingliz tili ta’limida sifat va samaradorlikni
ta’minlash borasida amalga oshirilgan loyihalar muhokamasiga
bag‘ishlangan anjuman (Stimulating language learning: The European
Label), 2007 - yil Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetida (Sankt-
Peterburg) boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘rgatish/o‘rganish metodlari
va pedagoglar tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan (Early Foreign
Language Education) xalqaro seminar, 2008 - yil Bangalor (Hindiston)da
boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish xalqaro tajribalarni
ommalashtirishga bag‘ishlangan (The Way Forward: Learning from
International Experience of TEYL) xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
2013 - yil Moskva (Rossiya)da «Chet tillarni o‘qitish nazariyasi va
amaliyoti: an’analar va innovatsiyalar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyada ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili
o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari muhokama etildi. Yuqorida
qayd etilgan seminar va konferensiyalarda boshlang‘ich ingliz tili ta’limida
sifat va samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’limda ingliz tilini o‘qitish metodikasi
«(Inter)Cultural Awareness», «Language Awareness» va «Humanity» ta’lim
konsepsiyalari asosida rivojlantirilmoqda.

4
(Inter)Cultural Awareness – Madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi
dastlab Germaniyada shakllantirildi va qisqa vaqtda g‘arb mamlakatlarida
ommalashdi. Ushbu konsepsiya asosida ingliz tilini muloqot vositasi sifatida
o‘rgatish emas, balki o‘quvchini umumiy va nutqiy rivojlantirish, ya’ni uni
ingliz tili va o‘zga madaniyatga qiziqtirish, unda kundalik hayotda duch
kelish mumkin bo‘lgan tilga e’tiborli munosabatda bo‘lish va
integratsiyalashayotgan Yevropadagi turmush sharoitlariga moslashish
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadi yotadi. Shu
sababdan ham ushbu konsepsiyada ingliz tili ta’limining mamlakatshunoslik
jihatiga ustuvor ahamiyat qaratilgan. O‘yin tarzida tashkil etiladigan ta’lim
jarayoni va mazmuni bolalarni tili o‘rganilayotgan mamlakat urf-odatlari
hamda an’analari bilan tanishtiradigan she’r va qo‘shiqlardan iborat bo‘ladi.
Ushbu konsepsiya Yevropada «Qo‘shni (qardosh) tilni o‘rganish» nomini
olgan bo‘lib, mashg‘ulotlar asosan ingliz tili sohiblari tomonidan olib
boriladi.
Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlarida o‘quvchilarning
migratsiyasi tez- tez sodir bo‘ladi va ular ingliz tili muhitida ma’lum vaqt
yashash imkoniyatiga ega. Shularni nazarda tutadigan bo‘lsak, ushbu
konsepsiyani Yevropadan uzoqda joylashgan va madaniy jihatdan farq
qiladigan mamlakatlarda targ‘ib qilish maqsadga muvofiq emas. Ingliz tilini
muloqot vositasi sifatida o‘rganish dunyoning hamma joyida barcha kishilar
uchun ham bir xil ma’no kasb eta olmasligi, shu bilan birga, ta’lim usullarini
shunchaki oson yo‘l bilan «eksport» qilish mushkul ekanligi isbotlangan.
Chunki, birinchidan, ingliz tili sohibi bilan kommunikatsiya va
interaksiyaga kirishishga ehtiyoj va imkoniyat mavjud bo‘lmasa-da, tildan
amaliy foydalanishni o‘rgatish, ya’ni faqat «kundalik nutq vaziyati» va
«kundalik turmush mavzusi» ustida ish olib borish maqsadga muvofiq emas.
Ikkinchidan, ingliz tili faqat bir mamlakatning, ya’ni Buyuk
Britaniyaning emas, balki Amerika Qo‘shma Shtatlari, Avstraliya, Kanada
va boshqa qator mamlakatlarning ham davlat tili hisoblanadi. Davlat tili
5
ingliz tili bo‘lgan ushbu mamlakatlarda esa madaniyatlar farqlidir.
«Language Awareness» – konsepsiyasi «Holistic approach» nomi
bilan ham ataladi va u ingliz tilini yangi bilimlarni egallash vositasi sifatida
o‘zlashtirilishi lozimligini targ‘ib etadi. Ya’ni boshlang‘ich ingliz tili
ta’limining maqsadi ingliz tili vositasida hayot haqidagi yangi bilimlarni
o‘zlashtirishdir. Lekin M.Villiams va R.Bednlar Vigotskiyning nutq
rivojlanish ontogenezi haqidagi nazariyasini «Holistic approach» deb
nomlashni ma’qul ko‘rishgan1. Ularning taxminicha, Vigotskiy o‘rganilishi
lozim bo‘lgan bilimni kichik qismlarga ajratib, malaka va ko‘nikmalar
sifatida taqdim etish fikrini ma’qullamagan bo‘lardi. Sababi Vigotskiy har
qanday o‘rganiladigan qismning asosini mazmun tashkil etishi lozimligini
uqtiradi. Ushbu xulosa ta’sirida Yevropa mamlakatlari, Qo‘shma Shtatlar va
ingliz tili ikkinchi davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda CLIL (Content and
Language Integrated Learning) yondashuvi ommalashmoqda.2
O‘zbekistonda «Humanity» (Shaxsga yo‘naltirilgan) konsepsiyasi
qabul qilingan va unga muvofiq boshlang‘ich ingliz tili ta’limida o‘quvchiga
ta’lim jarayoni va madaniyatlararo kommunikatsiya (muloqot)ning markaziy
sub’yekti maqomi beriladi, uning qiziqish va ehtiyojlariga ustuvor ahamiyat
qaratiladi. Ingliz tilida nutqiy faoliyat yuritish o‘quvchi shaxsini
shakllantirishga yo‘naltiriladi, ya’ni o‘rganilayotgan til sohibi yaratgan
madaniy merosni o‘zlashtirishga erishiladi. Tinglab tushunish, gapirish,
o‘qish, yozuv jarayonida o‘quvchi oldin egallagan ijtimoiy, madaniy,
lisoniy, emotsional tajribasini boyitadi.

2
Lightbown P.S., Spada N. How languages are learned. – L.: Oxford University Press, 2006. –
234 p.
6
2. A1 darajadagi guruhlarda ingliz tili o’qitish tamoyillari

Ta’lim tarbiya jarayoni didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va


boshqa qonuniyatlarga amal qiladi. Ularning ayrimlari barcha fanlar uchun
umumiy bo‘lishi mumkin. Bu qonuniyatlar ta’limning umumdidaktik
tamoyili deyiladi. Boshqa qonuniyatlar esa ayrim fanlarni o‘qitishga xos
bo‘lishi mumkin, masalan; ingliz tili o‘qitish tamoyillari.
Tamoyil tushunchasi didaktikada hali to‘la hal etilmagan. Agar bir
guruh tamoyillar ta’lim jarayonining qonuniyatlarini ifodalasa, ikkinchi
guruh tamoyillar qaysidir nutq faoliyatining turiga xos bo‘lgan
qonuniyatlarni ifodalaydi, uchinchisi esa til materialining qaysidir bo‘limiga
xos bo‘lgan tamoyillardir. Oxirgisi maxsus tamoyillar deyiladi2.
Tamoyil (prinsip) termini «asos bo‘ladigan yo‘l-yo‘riq, qonun-qoida»
ma’nosini ifodalaydi. Ye.I.Passov fikricha, «tamoyil – o‘qitish jarayoni
atalmish binoning poydevoridir».
Konsepsiya va tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi darsda tashkil
etiladigan faoliyatning samaradorligini ta’minlaydi, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning ushbu faoliyatga qiziqishlarini orttiradi.
Ilmiy manbalarda boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish
konsepsiyalari va bir necha o‘nlab tamoyil (pritsip)larni olg‘a surilgan.
Masalan, Yevropa Ittifoqining Ta’lim va madaniyat tadqiqotlar dasturi
doirasida 2005-2006 yillarda bajarilgan EAS 89/04, Lot 1 «Good Practice
and Main Principles» mavzusidagi loyiha doirasida bajarilgan ilmiy
tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy
tamoyillari muhimlik mezoni asosida quyidagi tartibda umumlashtirilgan:
1) mazmunli kontekst va o‘quvchi yoshiga mos mavzu tanlash
(didaktik);
2) ingliz tili o‘rganishga ijobiy yondashish(pedagogik);
3) xolistik o‘rganish (metodologik);
4) ingliz tili amaliy mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yoshga oid
psixologik va jismoniy yetuklik darajalarini to‘liq inobatga olish
7
(psixolingvistik);
5) o‘quvchilarni o‘zgalarga nisbatan bag‘rikenglik va turli
qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash (pedagogik);
6) vizual yondashuvga ustuvor ahamiyat bergan holda boshqa nutq
analizatorlarining to‘liq ishtirokida o‘rganish (psixologik masalalarni
metodologiyaga tatbiq etish);
7) ingliz tili o‘rganishga motivatsiya uyg‘otish (ichki turtkini
qo‘zg‘atish) (psixolingvistik);
8) shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quvchining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish (pedagogik);
9) nutq hosil qilinishi uchun tinglab tushunish mashqlariga ustuvor
ahamiyat qaratish (didaktik);
10) mashg‘ulotlarni imkon qadar o‘rganilayotgan chet tilda tashkil
etish (pedagogik);
11) o‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish strategiyalari va usullarini
hisobga olish (didaktik).

Ingliz tili o‘qitish amaliyotida taklif etilgan qoidalar va qarashlar


lingvodidaktik (tillar ta’limshunosligi) tamoyillar maqomida
umumlashtirilgan va ilmiy asoslangan. Masalan, J.Jalolov nomlanishi va
mohiyatida tafovutlar bo‘lishiga qaramay, quyidagi didaktik tamoyillarni
umumlashtirgan: tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik,
sistemalilik (izchillik), individual yondashish, (bilimlarni) puxta
o‘zlashtirish, o‘quvchi kuchiga moslik kabilar.
N.A.Gorlova boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning
didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirgan: faollik,
ko‘rgazmalilik, o‘quvchi salohiyatiga moslik, individual yondashish,
sistemalilik. Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy
tillarni o‘qitishning didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish
mumkin:

8
1. O‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish usullari, strategiyalari va
qobiliyatini inobatga olish.
2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.
3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini
yaratish.
4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.
6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish.
7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).

Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli uning psixologik asoslari


mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu
munosabat bilan ingliz tilio‘qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish
ehtiyoji tug‘iladi.3 Ilmiy manbalarda ingliz tili o‘qitishning ikkita psixologik
tamoyillari ishlab chiqilgan. Psixologik tamoyillar «verbalizatsiya» (o‘zga til
amalda faqat og‘zaki nutq orqali o‘rganiladi) va «korrelatsiya» (ingliz tili
materialining muayyan chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq
malakalarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan til birliklari majmuyi
shakllanadi) nomlarini olgan. Ingliz tilio‘qitishning tilshunoslik asoslari
birmuncha tadqiq etilganligiga qaramay, metodika fanida ingliz tili
o‘qitishning lingvistik tamoyillari masalasiga kam e’tibor qaratilgan.
Metodika tamoyillari mohiyatini yoritishda psixologik va lingvistik
qonun- qoidalarga suyanib ish ko‘rildi va quyidagi psixolingvistik tamoyillar
umumlashtirildi:
1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish, o‘zlashtirishga motivatsiyasi
(ichki turtkisi)ni oshirish.
2. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yoshiga mos jismoniy
harakatlarini rag‘batlantirish.

3
Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New York: McCraw-
Hill, 2005. p-197.

9
3. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning o‘xshash
jihatlaridan xabardor etish.
4. O‘quvchilarning vositachi til (metatil) tajribalarini rivojlantirish.
5. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning
aloqadorligidan foydalanishga o‘rgatish.
6. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan ingliz tili tuzilmasi bilan umumiy
tanishtirish.
7. Individual yondashish, ya’ni o‘quvchilarning xos xususiyatlari (har
qaysi o‘quvchining tabiati, nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan
do‘stlashishi, nimalarga salbiy munosabatda bo‘lishi)ni inobatga olib psixo-
pedagogik tadbirlar olib borish.

Ingliz tili o‘qitish metodikasining, (a) umumiy (nutqiy yo‘nalganlik,


chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar bajarish, til tajribasini hisobga
olish), (b) xususiy (nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va
nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi,
og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy
bosqichni jadallashtirish), (d) maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani
o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash)
tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda
xorijiy tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ yondashuvni
nazarda tutdik.4
1. Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini
to‘liq qo‘zg‘atuvchi) o‘rganishni tatbiq etish. Ya’ni o‘quv materialini puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘rish, eshitish, harakat (nutq
harakat va qo‘l harakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq qilish.
2. Yaxlit (leksika, grammatika va talaffuzga oid til materialini
yaxlitligicha) o‘rgatish.
3. Nutqiy yo‘nalganlik (leksik, grammatik va talaffuz mashqlari

4
Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. – 354 p.
10
nutq faoliyatini egallash maqsadida bajarish).
4. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish.
5. Ona tili va bilingv o‘quvchilarning ikkinchi tilini o‘zlashtirishdagi
til tajribalarini hisobga olish.

A1 darajadagi guruhlarda ingliz tili o‘qitishning pedagogik tamoyillari


o‘zbek va rus tilidagi ilmiy manbalarda dadidaktik tamoyil sifatida mufassal
bayon etilgan. Lekin xorijiy adabiyotlarda pedagogik tamoyil alohida tadqiq
etiladi. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda uch tildagi ilmiy
manbalardan foydalandik.
1. O‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamolotga yetkazish.
Ingliz tili vositasida o‘zlashtiriladigan axborot va ingliz tili o‘rganish
mobaynida olinadigan aqliy va nutqiy ko‘nikma hamda malakalar
o‘quvchilarni tarbiyalaydi.
2. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan tildan foydalanishga rag‘batlantirish.
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘quvchilarni atrofdagilarga nisbatan bag‘rikenglik va turli
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
5. Darslarda bilimlarning mustaqil fahmlab o‘rganilishi uchun
optimal vaziyat yaratish.
6. O‘quvchilarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini mustaqil va o‘zaro
aniqlab borish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish.
7. O‘quvchilarga o‘z bilimlarini o‘rganilayotgan tilda namoyon
qilish imkoniyatini yaratish.
Darslarni kompetensiyalar egallanishiga mo‘ljallangan
integrativ yondashuv asosida tashkil etish.

11
3. Boshlang‘ich darajadagi guruhlarda ingliz tili o‘qitish
metodikasining lingvistik asoslari

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari


o‘qitish jarayonining lingvistik asoslaridan farqlanishi lozim. Boshlang‘ich
sinflarda ingliz tili o‘qitish metodikasining lingvistik asoslari zamonaviy
o‘qituvchiga shaxsiy ishchi o‘quv dasturi uchun til materialini tanlash, metodik
tashkil etish va uni taqdim etishda yordam beradi.
Ma’lumki, o‘qitishning lingvistik asoslari kommunikativ kompetensiyaning
lingvistikaga oid ta’lim mazmunini aks ettiradi va DTS, dastur va darsliklarda
bayon etiladi. Dastlab kommunikativ kompetensiya atamasini tushunib olish
zarur bo‘ladi. Kommunikativ kompetensiya atamasiga o‘rganilayotgan chet til
bo‘yicha egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida
qo‘llash qobilyati, degan mazmunda ta’rif berilgan. Ushbu atama tarkibidagi
asosiy tushunchani ifodalovchi kompetensiya (competence) so‘zi dastlab
N.Xomskiy tomonidan «grammatik kompetensiya», ya’ni gapiruvchi va
tinglovchining til haqidagi bilimi, degan ma’noda qo‘llanilgan.
D.Xayms bola til haqidagi bilimlar (grammatika)ni o‘zlashtirish jarayonida
undan to‘g‘ri foydalanishni ham, ya’ni qachon, qayerda, kimga, qay tarzda va
nima haqida gapirish maqbulligini o‘rganish orqali kommunikativ
kompetentligini takomillashtirib boradi, deya kommunikativ kompetensiya
atamasining muallifiga aylandi. Bugunga kelib kompetensiya insonning turli
sohalarda faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘ladigan bilim, malaka, ko‘nikma,
shaxsiy sifat va fazilatlar yig‘indisini ifodalamoqda.5
Lingvistik kompetensiya til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida
bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv)
bo‘yicha ko‘nikmalar egallashni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetensiya so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat,

5
Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. –
UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p.

12
kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli
lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik
kompetensiya ijtimoiy-madaniy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik
nutqning milliy xususiyatlarini, o‘zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari,
qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarni bilish
hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta
olish fazilatini nazarda tutadi.
Pragmatik kompetensiya o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ
vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash
va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish xususiyatini
nazarda tutadi.
Metodist-olimlar ingliz tili o‘qitish mazmunini a) til va nutq
materialini umumlashtiruvchi lingvistik, b) malaka va ko‘nikmalardan iborat
psixologik, d) o‘rganish usullarining egallanishini aniqlashtiruvchi
metodologik komponentlarga ajratishadi.
Lekin bugungi zamonaviy ta’limda nafaqat til va nitqqa oid,
balki mamlakatshunoslik hamda lingvomadaniyatshunoslikka oid materialning
ham o‘zlashtirilishi talab etiladi. Bunda ingliz tili ta’limiga ijtimoiy-
madaniy va madaniyatlararo yondashuvlarni tadbiq etish zarurati paydo
bo‘ladi. Bularning hammasi darslik va ishchi o‘quv dasturlari uchun til va nutq
materialini tanlash va taqdim etish vazifasini murakkablashtiradi.
Zamonaviy talablarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan nafaqat til va
nutqqa oid materialining balki ingliz tili sohibining madaniyatiga oid
materialning ham o‘zlashtirilishi lozimligi inobatga olinadigan bo‘lsa,
lingvistik materialni tanlashda sotsiolingvistik mazmunga ham e’tibor
qaratilishi zarur bo‘ladi.
Tajribalardan ma’lumki, zamonaviy o‘qituvchi asosiy darslik-
majmuadan foydalanish bilan cheklanmay sinfdagi o‘quvchilarning
salohiyatidan kelib chiqib darsning sifati va samaradorligini oshirish
maqsadida turli manbaalardan qo‘shimcha materiallar tanlaydi. Shu
13
sababdan zamonaviy o‘qituvchi fan bo‘yicha ishchi o‘quv dasturini
takomillashtirishda kimga, nimani, qanday, va qancha o‘qitish masalasini
savodli hal etishi kerak.
Aksariyat hollarda o‘qituvchining o‘rgatish va o‘quvchilarning o‘rganish
maqsadiga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyati natijasida kommunikativ
kompetensiyaning dasturiy talablar darajasida egallanishiga erishilmaydi.
Bunga asosiy sabablardan biri sifatida darsliklarda taqdim etilgan lingvistik,
sotsiolingvistik va pragmatik kompetensiyalarning egallanishiga xizmat
qiluvchi mashqlarning miqdoridagi noadekvatlikni ko‘rsatish mumkin.
Chunki ayrim darsliklar G‘arb lingvodidaktikasiga haddan ziyod e’tibor
qaratish natijasida yaratilgan bo‘lib, ularda nutqiy kompetensiyaning
egallanishiga xizmat qiluvchi mashqlar miqdori sezilarli darajada yuqori.
Yoki aksincha, ya’ni oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlariga
puxta tayyorlash maqsadida til materialining o‘zlashtirilishiga xizmat
qiluvchi mashqlar miqdori ustunlik qilishi mumkin.6 Zamonaviy o‘qituvchi
esa muvozanatni saqlay bilishi va darsdan ko‘zlangan maqsadlarni to‘liq
ro‘yobga chiqarish uchun maxsus metodik tadbirlar qo‘llashi lozim. Dastur
materialini tanlashda o‘qituvchi o‘quvchilarning yosh davrlari bilan birga,
ulardagi nutqiy faoliyatning qay tarzda harakatlanayotganligini va uni
qanday rivojlantirish mumkinligini hisobga olishi lozim. daqiqa)lik dars
mashg‘ulotida (uyda repetitor ko‘magida emas) o‘quvchi qancha leksik
birlikni o‘zlashtira olishi (zarurligini emas) mumkinligini aniqlash zarur.
Buning uchun nutqiy faoliyatning ona tilida va ingliz tilida turlicha
bo‘lolmasligini tushunish zarur. Nutqiy faoliyat bitta va u o‘z qonunyatlariga
muvofiq rivojlanadi. U o‘zining shakl va mazmuniga ega bo‘lib shaxsning
rivojlanishiga chambarchas bog‘liq.
O‘quvchi nutqiy faoliyatining qanday tuzilganligini bilgan o‘qituvchi
uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashq va topshiriqlarni adekvat tanlay

6
Pinter A. Teaching Young Language learners. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2006. – 205
p
14
oladi, nutq faoliyat turlaridan maqsad emas vosita sifatida foydalanib
shaxsga va kompetensiyalarning egallanishiga yo‘naltirilgan ta’lim
paradigmasiga muvofiqlashadi. Shundagina bilim, malaka va
ko‘nikmalarning egallanishiga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasi o‘z o‘rnini
shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga bo‘shatib beradi.
Metodikaning psixolingvistik aspektidan bilimga ega o‘qituvchi (ona
tilini o‘zlashtirishdagi tajribalar asosida sodir bo‘ladigan ingliz tili o‘rganish
jarayonida) o‘quvchi nutqiy faoliyatining turlarini emas, balki kompleks
rivojlantira oladi.
Ma’lumki, chet tilni o‘rgatish ushbu tilda nutqning sodir bo‘lishi yoki
uni idrok etilishi jarayonini tashkil qilishdir. «Nutq» terminining ma’nosi
fikrni shakllantirish va uni ifodalash usulini,tilning amalda qo‘llanilishi va
reallashuvini bildiradi. Til esa kommunikatsiya va interaksiya vositasi,
ishoralar tizimi, fikrni ifodalash va xosil qilish quroli, vositasidir. Til undan
foydalanuvchilar uchun umumiy, ya’ni ijtimoiy nutq esa individual o‘ziga
xos hodisadir. Til, sodda qilib aytganda, birliklar va ularning aloqasi
sistemasidir, nutq – og‘zaki va yozma matndir. Fikrni ifodalash
psixolingvistikada (re)produktiv nutq faoliyati deyiladi, bunga gapirish va
yozuv kiradi. Ifodalangan fikrni (gapirish va yozuv mahsulini) idrok etish
retseptiv nutq hisoblanadi. Fikr bayon etuvchi va uni idrok etuvchilar
kommunikant nomi bilan yagona terminda umumlashadi. Kommunikant
o‘z navbatida, (re)produsent (gapiruvchi va yozuvchi – fikr bayon etuvchi)
va retsipiyent (fikrni idrok etuvchi – tinglovchi va o‘quvchi) deyiladi.7
Zamonaviy metodikada “retseptiv” va “reproduktiv” minimumlar
farqlanadi. Retseptiv til minimum nutq faoliyatining tinglab tushunish va
o‘qish turlaridan kommunikativ kompetensiya uchun xizmat qiladigan til
materiali tushuniladi. Reproduktiv til minimum esa nutq faoliyatining
gapirish va yozish turlaridan kommunikativ kompetensiyaning egallanishiga

7
Rixon, S. Young learners of English: Some research perspectives. Harlow, UK: Longman,
1999.
15
xizmat qiladi.

4. Samaralı ınterfaol usullar orqalı o’quvchılarnıng so’z boylıgını


oshırısh

Mamlakatimizda axborot jamiyatini shakllantirish, barcha sohalarda eng


ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha salmoqli
16
ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, bu jarayonda interfaol (interaktiv)
xizmatlarning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. O'zbek tilining izohli lug'atida
''interfaol'' tushunchasiga axborotlarni kompyuter tarmog'i orqali qabul qilish yoki
uzatishga asoslanish deya ta'rif berilgan. Vikipediyada esa interaktivlik ob'yektlar
o'rtasidagi o'zaro harakat xarakteri va darajasini ochib beruvchi tushuncha sifatida
baholangan bo'lib, axborot nazariyasi, informatika va dasturlash,
telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya, sanoat dizayni va hokazo sohalarda
qo'llanilishi aytiladi. Bir so'z bilan aytganda, interfaollik - tizimni tashkil etish
tizimi bo'lib, bu tizmning qismlari o'rtasida axborot almashinuvini yo'lga qo'yish
orqali muayyan maqsadga erishishdir.8 Interfaol metod - ta'lim jarayonida
o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning
bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv
materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi,
lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar
yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar
berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega . Hozirda
ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol
ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 9 Barcha fan o'qituvchilari dars
mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq
foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil
fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan
holda himoya qila bilish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish
ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol ta'lim jarayonida dars

8
Xutorskoy A.V. Zamonaviy didaktika. SPb., 2001 yil.

9
Zimnyaya I.A. Psychology of teaching foreign language at school/ M:Education, 1991-219p.-

17
o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz
so'zidan olingan bo'lib, «Interakt», ya'ni, Inter - bu «o'zaro», «akt» - harakat, ta'sir,
faollik ma'nolarini bildiradi. Interfaollik, bu - o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bunda
o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi)
yoki o'qituvchi-o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik -
o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi
(sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi
- o'q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol,
erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga
solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta
ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini
ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni
sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona
munosabatlar shakllanadi.

Chet tilini o'qitish metodikasida zamonaviy hisoblangan interfaol metodlar


olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va ularni an'anaviy metodlarga nisbatan
samaradorlik darajasi ko'proq ekanligi isbotlangan.10 Interfaol metodlar o'quv
jarayonining bilim salohiyatini an'anaviy metodlarga nisbatan ancha ko'taradi.
Chunki, interfaol metodlarda o'quvchining o'zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi,
o'qituvchi bilan hamkor sifatida ishlaydi. Zamonaviy texnologiyalar orqali chet tili
o'qitilar ekan, unda o'quvchi o'zi dars jarayonini rejalashtiradi, o'zi belgilagan o'quv
rejasi asosida shug'ullanadi, o'qitish metodlarini o'quvchi va o'qituvchi
hamkorlikda tanlaydi, o'quv materiali muhokamasida ishtirok etadilar. Bunda
o'quvchilar bir-birlariga yordam beradilar.

XX - asr oxiri va XXI - asr boshlarida ta'lim sohasida "interfaol" usullar degan
ibora pedagogik adabiyotlarda keng ishlatilmoqda. Bu iboraning mohiyatini ochib
berishga harakat qilib ko'ramiz. "inter" o'ta degan ma'noda ishlatilmoqda. Interfaol

10
https://www.englishclub.com/esl-activities/

18
degani o'ta faol ta'lim usuli deganidir. Bu usullar guruhi tez muddatda samarali
ta'sir etish o'quvchilarda mustaqil fikr qilishni, ulardagi ijodkorlik hamda mavzu
mohiyatini qiziqib o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. O'qitishning interfaol usullari,
tushuntirish, ko'rsatmali va vositalardan foydalanish kabi an'anaviy usullardan
uning samaradorligi yuqori bo'lib, u talabalarni shaxs sifatida shakllanishi, xususiy
qobilyatlarini oshirish, ijodiy mustaqilligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi .

Interfaol ta'lim va an'anaviy ta'lim o'rtasida farqlarni quyidagilarda ko'rishimiz


mumkin:

1. O'quv rejadagi fanlarni o'qitishda qaysi mavzular bo'yicha interfaol darslar


tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda har bir mavzu
bo'yicha mashg'ulotning maqsadiga to'liq erishishni ta'minlaydigan interfaol yoki
an'anaviy mashg'ulot turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi.

2. Interfaol mashg'ulotning samarali bo'lishi uchun o'quvchilar yangi


mashg'ulotdan oldin uning mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki
ma'lumotlarni bilishlarini ta'minlash zarur.

3. Interfaol mashg'ulotda o'quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an'anaviy


mashg'ulotga nisbatan ko'p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.

Shularga o'xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta'siri to'g'risida bir necha asr
muqaddam A.Navoiy o'zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida
shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o'qig'uvchilar diqqat va e'tibor ko'zi bila nazar
solg'aylar va har qaysisi o'z fahmu idroklariga ko'ra bahra olg'aylar...". Bunda shu
asarni har kim turlicha, ya'ni o'z fahmi idroki darajasidagina tushunishi,
o'zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo'llay bilishi ko'rsatib o'tilgan bo'lib,
bundan biz interfaol ta'lim usullarining an'anaviy usullardan asosiy farqlari
to'g'risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o'quvchilarning
fahmu idroklarini o'stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.11

11
Williams M., Burden R. L. Psychology for Language Teachers. A social constructivist
approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p.
19
Bunda ta'kidlash lozimki, interfaol ta'lim usullari O'zbekistonda qadim
zamonlardan beri ta'lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar
bilan talabalar o'rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara,
mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo'llab kelingan.
Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste'dod, zakovatlarini
o'stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo'lib etishishlariga
xizmat qilgan.

Hozir interfaol mashg'ulotlarni olib borishda ma'lumki, asosan interfaol usull ar


qo'llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma'lum darajada interfaol texnologiyaga
o'sib o'tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya
tushunchalarining o'zaro farqini bizningcha, shunday ta'riflash mumkin.

Interfaol ta'lim usuli - har bir o'qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o'z
imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o'quvchi o'z motivlari va
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o'zlashtiradi. 12

Interfaol ta'lim texnologiyasi - har bir o'qituvchi barcha o'quvchilar ko'zda


tutilgandek o'zlashtiradigan mashg'ulot olib borishini ta'minlaydi. Bunda har bir
o'quvchi o'z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg'ulotni oldindan
ko'zda tutilgan darajada o'zlashtiradi . Interfaol mashg'ulotlarni amalda qo'llash
bo'yicha ayrim tajribalarni o'rganish asosida bu mashg'ulotlarning sifat va
samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ayrim omillarni ko'rsatishimiz mumkin.
Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o'qituvchiga,
o'quvchilarga, ta'lim vositalariga bog'liq omillar deb atash mumkin. Ular o'z
mohiyatiga ko'ra ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini nazarda tutishimiz lozim.

Interfaol mashg'ulot turlari ko'p bo'lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari


hamda ko'zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik
ko'riladi. Interfaol mashg'ulotda ishtirok etish uchun o'quvchilarning

https://cyberleninka.ru/article/n/kichik-yoshdagi-bolalarga-ingliz-tili-o-qitish-metodlari/viewer
12

20
tayyorliklariga o'ziga xos talablar qo'yiladi, bular mashg'ulotda faol ishtirok etish
uchun zarur bilimlarni o'zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o'zaro hamkorlikda
ishlash, mustaqil fikrlash, o'z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish
ko'nikmalari va boshqalardan iborat. Mashg'ulotda vaqtdan unumli foydalanish
zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to'g'ri tanlash, tayyorlash
hamda mashg'ulot o'tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo'lishi
lozim. Interfaol metodlar bilan an'anaviy ta'lim usullari orasida o'ziga xos farqlar
mavjud bo'lib, har bir o'qituvchi bu farqlarni qiyoslashi, ularning bir-biriga
nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o'tkazish
usullarini tanlashda to'g'ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni berish,
ko'nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash,
amalda qo'llash mashg'ulotlarida hamda o'quv fanining xususiyatlarini hisobga
olgan holda har bir mavzu bo'yicha mashg'ulot uchun eng maqsadga muvofiq
bo'lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to'g'ri tanlash nazarda tutiladi.To'g'ri
tanlangan metodlarni qo'llash mashg'ulotning qiziqarli va samarali bo'lishini
ta'minlaydi.

Ta'lim texnologiyasining hozirgi taraqqiyot bosqichi ta'lim jarayonida interfaol


dars usullarining keng qo'llanilayotganligi bilan xarakterlanadi. 13 Uzoq yillar
foydalanilgan o'qitish texnologiyasidagi bir xillik, ta'lim jarayonida o'qituvchi
gegemonligi, o'qituvchi tamonidan fanni tayyor, ortiqcha mushohada qilmasdan
ham qabul qilinadigan darajaga keltirib o'quvchiga taqdim etishga urinish
o'quvchilarning faolligini pasaytirib, ularda ijodiy fikrlash malakasini
shakllanishiga to'sqinlik qila boshlagan edi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoniga
o'quvchini o'qitadigan emas, balki uni o'qishga, bilim olishga o'rgatadigan interfaol
dars usullarini qo'llashga urinish kuchaydi. Xulosa qilib aytganda, dars
samaradorlini ta'minlashni maqsad qilib olgan o'qituvchi interfaol dars usullaridan
o'z o'rnida mohirona foydalansagina o'z maqsadiga erishadi.
13
Wood D. How Children Think and Learn. – Oxford: Blackwell Publishers Limited.1998. – 230
p.

21
5. Chet tillarini o’rgatishda o’yinlarning roli

Bugungi kunda maktablarda interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga


aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil o’yinlar asosida o’tilishi
o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va
ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. O’yin texnologiyasidan
foydalanishning asosini o’quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat

22
tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik
mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda barqaror o’rnini topish,
o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental
ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o’yin zamirida umumiy qabul qilingan ta’lim
prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O’quv o’yinlariga o’quv predmetlari asos qilib
olinishi kerak. O’yinlar jarayonida o’quvchi oddiy darsga qaraganda bu
mashg’ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko’rsatadi. Ta’kidlash
lozimki, o’yin eng avallo, o’qitishning bir usulidir. O’quvchilar o’yinli darslarga
qiziqib qatnashadilar, g’alaba qozonishga intiladilar, o’qituvchi ular orqali
o’quvchiga ta’lim-tarbiya ham beradi. O’quvchi inglizcha o’yin o’ynab, gapira
olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi
− “Rolli o’yinlar” (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida
qo’llanilishi mumkin. Hunarga o’rgatish uchun “Interpretter”, “Translator”,
“Writer”, “Poet” kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o’quvchilar bilan
suhbatlashishlari mumkin; − “Allomalar yig’ini” (Thinkers meeting) U.Shekspir,
A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni “taklif qilish” mumkin. Bunday
paytda ular aytib ketgan hikmatli so’zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil
inson bo’lib tarbiyalanishiga yordam beradi; − “Rasmlar so’zlaganda” (When
pictures speak) usuli ancha qulay bo’lib, ingliz tilini o’rgatishda, talaba,
o’quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun
mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim; − Kviz kartochkalari (quiz cards)
o’quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir
vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi [4]. Ko’rib
chiqqnimizdek, har bir innovatsion texnologiya o’ziga xos afzallik jihatlariga
egadir. Bunday usullarning barchasida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi
hamkorlik, o’quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati ko’zda tutiladi [5].
Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo’llash natijasida
o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez
va to’g’ri javob berish malakasi shakllanadi.Bunday usullar o’quvchida bilimga
ishtiyoq uyg’otadi. O’quvchi darslarga puxta hozirlik ko’rishga intiladi. Bu esa
23
o’quvchilarni ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi.
Ingliz tili fanini o’qitishda turli xil o’yinlar orqali o’rgatishning o’rni beqiyosdir.
Dars davomida har xil o’yinlar o’ynatib turish sinfda fanni o’rganishga bo’lgan
ishtiyoqni yanada oshiradi, passive o’quvchilarni ham darslarda yaxshiroq
qatnashishga undaydi, sinfda o’quvchilar o’rtasida raqobat, ayni paytda
jamoadoshlik muhitini hosil qiladi. Shuningdek, o’quvchilarning ustozlariga
bo’lgan hurmatini oshiradi. Quyida Sizga ingliz tili darslari davomida o’qitish
samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiluvchi o’yinlarni taqdim etiladi.
Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam)

Bu o’yin tezkor o’yin hisoblanadi. Lekin O’quvchilarga o’ylash uchun biroz


vaqt beradi. Bu o’yin birgalikda o’rganishga undaydi, ya’ni boshqa o’quvchilar
so’zlayotganida qolgan o’quvchilar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. O’yinni
o’ynash uchun sizga kopto’kcha kerak bo’ladi. Va hamma o’quvchilar doira
shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan:
Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va
hokazo.14

Biror o’quvchiga to’pni uloqtirish orqali o’yin boshlanadi. O’sha o’quvchi


mavzuga doir biror inglizcha so’z aytadi va to’pni keying o’quvchiga uloqtiradi.
To’pni qabul qilgan har bir o’quvchi shu mavzuga doir biror so’z aytishi kerak
bo’ladi. Agar ular aytilgan so’zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so’z
topa olmasa, ular o’yindan chiqadi va o’yinni o’tirgan holda kuzatadi. Havotir
olmang, ular baribir o’rganayotgan bo’ladi.

Bu o’yin biroz boshqacharoq qilib o’zgartirsangiz ham bo’ladi. Biror mavzuga so’z
aytish o’rniga, har bir o’quvchi keyingi o’quvchiga biror boshqa mavzu aytishi
mumkin. Masalan, siz “say something red” (biror qizil narsani ayting) deb o’yinni
boshlashingiz mumkin. Kopto’kni ushlab olgan birinchi o’quvchi “strawberry” deb
keyin o’zi biror mavzu tanlab ko’ptokni boshqasiga uloqtirishi mumkin. Bu

К.Д. Ушинский Собрание сочинений Том 10 Материалы к третьему тому


14

Педагогической Антрополгии 1950.


24
o’yinni biroz murakkablashtiradi, sababi o’quvchi biror so’z haqida o’ylashidan
oldin, qaysi mavzuga doir so’z o’ylashi kerakligini ham bilishi lozim.

Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan


yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit
doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib oling va har bir jamoa
uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu
yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan
so’zlardan bittasini tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar
topishi kerak bo’ladi. So’zni birinchi bo’lib to’g’ri topgan jamoaga ball beriladi. 10
ball olgan jamoa g’olib hisoblanadi.

Charades o’yini Pictionary o’yiniga o’xshash lekin asosiy farqi bunda so’z
ifodalash uchun rasm emas harakatlardan foydalaniladi. Bu o’yin o’quvchilariz
sust, zerikkan va uyqusi kelgan vaqtlarda juda qo’l keladi. Ularni uyg’oting va
harakatlantiring!15
O’quvchilar tanlashi uchun bir necha to’rtburchak qilib qirqilgan qog’ozlarga
so’zlar yozing. Fe’llarni ifodalash ancha oson. Lekin siz biroz murakkabroq,
shunday bo’lsada hamma o’quvchilar biladigan so’zlardan foydalanishingiz
mumkin.
Sinfni ikki jamoaga bo’ling. Va har bir jamoadan bir o’quvchi so’z yozilgan
qog’ozni tanlaydi va harakat bilan ifodalab beradi. Jamoadagilar esa uch daqiqa
ichida o’sha so’zni topishi kerak bo’ladi. Har bir to’gri javob uchun, bir ball
beriladi. 10 ball jamlagan jamoa g’olib hisoblanadi.

Taboo words (Ta’qiqlangan so’zlar) Taboo words o’quvchilarga sinonim so’zlar


va so’zlarni tariflarini qo’llashga yordam beradi. Sinfni ikkiga bo’linadi va
jamoalar bir birlariga qarama-qarshi holda o’tiradilar. Har bir jamoa o’z
jamoasidan bir kishini ro’parasidagi stulga o’tirish uchun tanlaydi. O’qituvchi esa
o’quvchilar ortiga o’tib turadi va katta qog’ozda yozilgan so’z ushlab turadi.
15
https://bestpublication.org/

25
O’rindiqda o’tirgan o’quvchilar bu so’zni ko’ra olmasligi kerak bo’ladi.
Jamoaning o’rindiqda o’tirgan a’zosiga siz ushlab turgan so’zni ayttirish uchun 3
daqiqa vaqti bo’ladi. Eng asosiysi ular shu so’zni nima bo’lganda ham
ishlatmasligi kerakbo’ladi.
Katta sinflarda o’ynatish uchun maslahat. Agar sizning sinfingizda 12tadan
ko’p o’quvchi bo’lsa, bu o’yin davomida biroz shovqin-suron, tartibsizlik bo’lishi
mumkin. Bu holatda, hammani 5-6 talik kichik guruhlarga bo’lib faqat navbati
kelganda qatnashadigan qilsangiz bo’ladi.16

20 Objects (20 Buyumlar)

Bir vaqtning o’zida ushbu o’yin orqali o’quvchilaringizni xotirasini va so’z


boyligini tekshiring. Sizga faqatgina doska va 20ta sinf xonada joylashgan
buyumlar kerak bo’ladi. Siz hattoki o’zingizning sumkangiz yoki yoningizdagi
buyumlaringizdan foydalanishingiz mumkin.
Buyumlarni hammasini stol ustiga qo’yib chiqing va o’quvchilaringizni
hammasini chaqirib ularga qarashlarini ayting. Keyin hamma buyumlarni bir
daqiqadan keyin qog’oz (yoki shunga o’xshash biror narsa) bilan yoping. Hamma
o’quvchilaringizdan joylariga qaytib bir varoq qog’ozga eslab qolgan buyumlarini
ingliz tilida yozishlarini so’rang. Hamma tugatganidan so’ng esa buyumlar
ro’yxatini doskaga yozing va o’quvchilardan o’zlarini tekshirishlarini so’rang.
Muqobil variant sifatida so’zlarni birma-bir o’qib berib tog’ri topganlarini belgilab
borishlarini so’rashingiz mumkin.

Categories (Kategoriyalar) O’quvchilar bu o’yinni bir marta o’ynaganlaridan


keyin har safar yana o’ynashlarini iltimos qiladigan bo’lib qoladi! Yana bu o’yin
ortib qolgan daqiqalardan unumli foydalanish uchun ajoyib usul. Har bir
o’quvchingizga qog’ozga 6ta ustun chizishlarini so’rang. Siz kategoriya (so’z
uchun mavzu)ni oxirgi o’tilgan mavzulardan tanlashingiz mumkin. Eng ko’p
qo’llaniladigan kategoriyalar oziq-ovqat, ismlar, shaharlar yoki davlatlar, mebellar
yoki jihozlar, ish harakat yoki kiyimlar hisoblanadi. Biror istalgan harfni tanlang
16
Н.А. Бонк Учебник английского языка. Бишкек 1997.27-29с
26
va uni doskaga yozing. O’sha harf bilan boshlanuvchi so’zlarni ustunlarga yozib
chiqishlari uchun o’quvchilaringizga biroz vaqt bering. Siz boshqa harflar bilan
o’yinni istalgancha qaytadan boshlashingiz mumkin.

Letter Scramble (Tartibsiz harflar)

O’quvchilaringiz oxirgi marta o’rgangan so’zlarni ro’yxatini tuzing. Va biror


so’zni harflarini chalkashtirib doskaga yozing. O’quvchilaringizga harflarni tog’ri
tartibda qo’yib berilgan so’zni topishiga biroz vaqt bering. Kim birinchi bo’lib
so’zni topa olsa o’sha o’quvchi g’olib bo’ladi.

What Am I Thinking Of? (Men nima haqida o’ylayapman?)

O’quvchilarni juftliklarga ajratib chiqing. Har bir o’quvchi bir varoq qog’ozga
biror buyumni tasvirlab 5-10ta so’z yozishi kerak bo’ladi. Qachonki vaqt
tugaganida, o’quvchilar varoqlarini almashtirishadi va sherigi nimani tasvirlaganini
topishga harakat qiladi. So’zlarni to’gri topgan birinchi jamoa go’lib bo’ladi.

Word Bingo

Bu o’yinni o’ynatish uchun biroz tayyorgarlik ko’rishingizga tog’ri keladi, lekin


bu shunga arziydi. 4×4 shaklda bingo qog’ozlarini tayyorlang va har bir katagiga
so’zlar yozing. Bularni o’quvchilarga tarqating (har biri takrorlanmas bo’lishi
kerak) va siz so’zlarni o’qib berganizda o’quvchilar bor so’zlarni belgilashlari
kerak. Butun sahifadagi so’zlarni birinchi belgilagan o’quvchi g’olib bo’ladi.

27
6. TPR(Total physical response) usulining A1 darajadagi o’quvchilarning
lug’at boyligini oshirishdagi ahamiyati

Maktabgacha yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat sifatida emas, balki


qiziqarli, yoqimli va tabiiy kundalik mashg'ulot tarzida olib borilishi lozim va bu
bir necha samarali usullardan foydalanib dars o'tishni talab qiladi. Quyida ana
shunday usularni ko’rib chiqamiz: Total Physical Response yoki TPR amerikalik
psixolog doktor Jeyms Asher tomonidan yaratilgan bo'lib, u odamlarning birinchi
tilni qanday o'rganishi tajribasiga asoslanadi. Misol uchun, bolalar o‘z ona tilini
o‘rganar ekan, ularning ota-onalari va tarbiyachilari til o‘rgatishda jismonan faol
ishtirok etadilar. Ular ko'rsatadilar va ko'rsatmalar beradilar va bola xuddi shunday
28
javob beradi. Hech kim juda kichik bolalardan gapirishni talab qilmaydi : faqat
tinglash va tushunish. Natijada bolalar o’z ona tillarini o’rganish metodi bilan
birgalikda qo’shimcha tillarni o’zlashtiradilar. Shuning uchun, TPR g'oyasi
qisqacha aytganda, nutq va harakat o'rtasida aloqani yaratishdir. Nima uchun TPR
(Total Physical Response), ayniqsa yangi til o’rganuvchilar va yosh o'quvchilar
uchun juda ko'p afzalliklarga ega.17 Harakatning til bilan qo‘shilishi tabiatan
samarali o‘rganishni ta’minlaydi. Talabalar miyaning chap va o'ng qismlaridan faol
foydalanadilar. Bu o'quvchilarning tinglash qobiliyatini oshiradi. Talabalar tayyor
bo'lgunlaricha gapirishlari shart emas, shuning uchun "xavfsiz hudud" yaratiladi,
bu esa stressni sezilarli darajada kamaytiradi. Kinestetik o'quvchilar (jismoniy
harakatlarga yaxshi javob beradigan) va vizual o'quvchilar (ingl. ko'rgazmali
signallar bilan eng yaxshi o'rganadigan) TPRdan ko'p narsa oladi. (Bu sizning
o'quvchilaringizning shaxsiyatini va o'rganish turlarini bilish muhimligining yana
bir sababidir.) Hech kim alohida chaqirilmagani uchun TPR introvert talabalar
uchun juda yaxshi. Sinfda umumiy jismoniy javobdan foydalanishning asosiy
usuli: O'qituvchi harakatni bajaradi, uni ko'rsatadi va aytadi (masalan, "Men
tishlarimni tozalayman"). Agar kerak bo'lsa, bo'rttirib ko'rsatishga, imo-ishora,
mimika va rekvizitlardan foydalanishga tayyor bo'ling. O’quvchilar harakatni
takrorlashi lozim bo’ladi. Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam) Bu tezkor
o’yin hisoblanadi. Ammo o’quvchilarga o’ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o’yin
birgalikda o’rganishga undaydi, ya’ni boshqa o’quvchilar so’zlayotganida qolgan
bolalar o’zlari so’z o’ylayotgan bo’lishadi. Bu o’yinni o’ynash uchun koptokcha
kerak bo’ladi va hamma o’quvchilar doira shaklida turib olishlari lozim. Istalgan
bir mavzu tanlashingiz kerak bo’ladi. Masalan: Things found in a kitchen
(oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo. Biror o’quvchiga
to’pni uloqtirish orqali o’yin boshlanadi. O’sha o’quvchi mavzuga doir biror
inglizcha so’z aytadi va to’pni keying o’quvchiga uloqtiradi. To’pni qabul qilgan
har bir o’quvchi shu mavzuga aloqador so’z aytishi kerak bo’ladi. Agar ular

17
Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. – М.: Римис, 2008. – 416 с.

29
aytilgan so’zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so’z topa olmasa, ular
o’yindan chiqadi va o’yinni o’tirgan holda kuzatadi. Pictionary- Ko’pgina ingliz
tilida so’zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o’yini bilan yaxshi tanish. Rasm
chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz
mumkin. Sinfni 2 guruhga bo’lib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir
tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A
jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko’pgina teskari o’girilgan so’zlardan bittasini
tanlaydi va shu so’zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak bo’ladi.
So’zni birinchi bo’lib to’g’ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa
g’olib hisoblanadi. Shuni takidlash lozimki, kichik yoshdagi bolalarga xorijiy tilni
o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va
qiziqarli o'rgatish uchun yana shu kabi usullardan foydalanish mumkin: - qo'shiq
va she'rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo'lgan, ma'noga ega
bo'lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o'rgatish. Bunga misol qilib,
bolalarning ingliz tili alifbosini qo'shiq qilib o'rganishlari shunchaki yodlashdan
ko'ra samarali ekanligini ko'rsatish mumkin. - aqliy va jismoniy harakatlar bilan
bo'g'liq bo'lgan o'yinlar; - multfilmlar; Bolalar til o'rganish mobaynida
multfilmdagi gaplarni tushunmasada, multfilm qahramonlarining harakatlari orqali
ular ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi.Bu esa bolalar uchun qiziq va til
o'rganishlari uchun samarali yo'l. - rol ijro etish(role play) o'qituvchi biror
ma'lumotni, masalan, hayvon yoki qushlarning nomlarini o'rgatayotgan paytda rol
orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi lozim. Misol uchun: bir o'quvchi itning
vovillashi, mushukning miyovlashi, sherning narasini ko'rsatsa, boshqa bir
o'quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha
nomini aytishi zarur. - mavzuga oid muhit; O'qituvchi mavzuga mos bo’lgan
muhitni yaratsagina, bolalar tilni yaxshi o'rganishadi. Masalan: traveling, cooking,
doing sports, birthday va boshqalar. Traveling (sayohat) mavzusida o'qituvchi
sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar orqali (foot, bicycle, automobile,
train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat qilish(Tashkent,
Khiva, London, New York) muhimligi haqida ma'lumot beradi. Bu hodisa
30
o'quvchilarning so'z boyligini va til imkoniyatlarini kuchaytirgan holda,
dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

- topishmoqlar; Bolalarda topishmoqlarni yaxshi ko’rishadi. Chunki ular uchun


topishmoqlarga javob topish juda qiziq. Shuning uchun o'qituvchi topishmoqni
ingliz yoki o'zbek tilida aytsada, uning javobini bolalardan ingliz tilida aytishini
talab qilishi lozim. Shunda bolalar so'zlarni tez o'rganishadi. - amaliy
mashg'uIotlar(sabzavot, ovqat, va boshqa maxsulotlarni tatib ko'rish, gullarni
hidlab ko'rish); Bu jumlani bir amaliyotchi psixologning fikrlari bilan izohlash
mumkin: " Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini
xohlovchi pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi,
qulog'i, tovush organi, muskul sezgisi va, hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta'm
bilish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi
kerak». Masalan: o'qituvchi bir o'quvchining olmani tatib ko'rishi paytida uning
rangi qizil(red) yoki yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki nordon(),xushbo'y() hidi
haqida ma'lumot berishi va boshqa o'quvchilarga ham mevalarni yedirib, u
bolalardan o'sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim. -
imo-ishoralar, yuz ifodalari orqali; O'qituvchi bolaga biror gapni gapirganda yoki
buyruq berganda, masalan, bu yoqqa kel(come here), kitobni och(open the book),
turing(stand up), doskaga qarang(look at the blackboard) kabi gaplarda
imoishoralardan foydalansa bolaga tushunarli bo'ladi. - ko'rgazmali qurollar,
plakatlar, kitoblar orqali; - ko'zga ko'rinadigan va kundalik hayotda ko'p
ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish. Masalan: eshik(door), kitob(book),
stol(table), doska(blackboard), oyna(window) va shu kabilarga yozish yoki kichik
qog’oz bo’laklariga yozgan yoki rasmlarini yopishtirgan holda bunday narsa-
buyumlar doimo ko'zga tushib turishi tufayli so’zlarni ixtiyorsiz tarzda o’rganadi.
18
Bugungi kunda, zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasi
yaratilgan, gipermatn va multimedia, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
1956 yilda N. V. Karpov, I. V. Raxmanovlarning «Boshlang'ich bosqichda chet
18
Эльконин Д.Б. Психология развития. – М.: Академия, 2007. – 144 с.

31
tilini o'qitish metodikasi» kitobi nashrdan chiqdi va bu kitobda yosh bolalarga chet
tilini o’qitishda texnik vositalardan keng foydalanish kerakligi haqida aytildi. Shu
boisdan, chet tilini o'rgatishda barcha didaktik printsiplar, ya'ni tizimlilik,
tarbiyaviy ta'lim, faollik, ko'rgazmalilik, onglilik, yakka yondashish, puxta
o'zlashtirish va moslik printsiplari bir-biri bilan uzviy bog'liq holda amaliyotga
tatbiq etib boriladi.

XULOSA
Ushbu kurs ishida to’liq jismoniy javob metodining (TPR) paydo bo’lishi va
uning birinchi bo’lib kim tomonidan qo’llanilgani hamda ushbu metod haqida
to’liq ma’lumotlar yoritilgan. Bunga qo’shimcha tarzda, chet tilini o'rganish
jarayonida TPR metodning beqiyos o’rni va undan unumli foydalanishning eng
samarali usullardan namunalar keltirilgan. TPR metodi chet tilida
so'zlashuvchilarga uning gapirish ko'nikmasiga samarali yordam berishi
keltirilgan. Ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash ta'lim maqsadi
va mazmunining oshishiga xizmat qiladi. Innovatsion ta'lim texnologiyalarinig
samaradorligi ularning ta'lim jarayoniga to'g'ri va unumli foydalanilgani haqida
bayon etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining tarbiyalanuvchilariga xorijiy tilni o’rgatishdan maqsad o’yin
32
orqali bolalarning til ko’nikmalarini rivojlantirishdir. Kichik yoshdagi bolalarga
ingliz tilini o’rgatishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bolalar juda
qiziquvchan bo’lishadi muloqotga tez kirishishadi, taqlidga moyillik kuchliligi
tufayli ularga o’yin tarzidagi va majburiyatlarsiz darslar o’tilib til o’rgatilishi
maqsadga muvofiqdir. Ular takroriy tinglashlar orqali o’qitiladi natijada ularning
gapirish qobilyati rivojlanadi. Bilamizki bu davrda bolalarning individual xarakteri
va shaxsiyati rivojlanayotgan bo’ladi, shuning uchun tarbiyachi qo’llaydigan har
bir usul va yondashuv bola rivojiga ijobiy ta’sir etishi mumkin. Bunda
maktabgacha yoshdagi bolalarning chet tilini bilish ko’nikmalarini oshirishda
zamonaviy metod va yondashuvlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Xulosa
qilib shuni aytish joizki bu o`yinlarni bolalarning saviyasi yoki yoshiga qarab
osonlashtirish yoki qiyinlashtirishimiz ham mumkin. Ushbu interfaol o`yinlarning
maqsadi turlicha bo`lib bu o`yinlar orqali diqqatni jamlash, so`z boyligini
oshirish, tezkorlik, aqlilik, ziyrak asosiysi esa darsni qiziqarli tarzda
o`zlashtirib,yodda saqlab qolishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.Cambridge English Language Assessment: Young Learners, Handbook for


teachers Starters Movers Flyers. - Cambridge University Press, 2018. – 70 p.

2.Lightbown P.S., Spada N. How languages are learned. – L.: Oxford University
Press, 2006. – 234 p.

3.Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New


York: McCraw-Hill, 2005. p-197.

4.Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. –


354 p.

5.Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied


Linguistics. – UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. – 308 p.
33
6.Pinter A. Teaching Young Language learners. – UK.: Palgrave &Macmillan,
2006. – 205 p

7.Rixon, S. Young learners of English: Some research perspectives. Harlow, UK:


Longman, 1999.

8.Xutorskoy A.V. Zamonaviy didaktika. SPb., 2001 yil.

9.Zimnyaya I.A. Psychology of teaching foreign language at school/ M:Education,


1991-219p.-

10.Williams M., Burden R. L. Psychology for Language Teachers. A social


constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – 240 p.

11.Wood D. How Children Think and Learn. – Oxford: Blackwell Publishers


Limited.1998. – 230 p.

12. К.Д. Ушинский Собрание сочинений Том 10 Материалы к третьему тому


Педагогической Антрополгии 1950.

13.Н.А. Бонк Учебник английского языка. Бишкек 1997. 27-29с

14.Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. – М.: Римис, 2008. – 416 с.

15.Эльконин Д.Б. Психология развития. – М.: Академия, 2007. – 144 с.

INTERNET SAYTLARI

https://www.englishclub.com/esl-activities/

https://cyberleninka.ru/article/n/kichik-yoshdagi-bolalarga-ingliz-tili-o-qitish-
metodlari/viewer

https://bestpublication.org/

34
35

Das könnte Ihnen auch gefallen